Rossiyada voyaga yetmagan chet elliklarni deportatsiya qilish (Davlatdan chiqarib yuborish) qoidalari o’zgartiriladi

Марина Совина/Фото: РИА Новости/ Наталья Селиверстова

Ichki ishlar vazirligi: 18 yoshgacha bo’lgan chet el fuqarolarini Rossiyadan qonuniy vakillari bilan birgalikda chiqarib yuboradi.

Rossiya federatsiyasi ichki ishlar vazirligi voyaga yetmagan chet el fuqarolarini deportatsiya qilish (Davlatdan chiqarib yuborish) qoidalarini o’zgartirish to’g’risida qaror qabul qildi. Tegishli hujjat normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida joylashtirilgan.

Buyruqda aytilishicha, 18 yoshga to’lmagan chet el fuqarosiga nisbatan deportatsiya (Davlatdan chiqarib yuborish) to’g’risida qaror qabul qilinganda, uning Rossiya hududida qonuniy vakili tayinlanadi va u bilan birgalikda mamlakatdan chiqarib yuboriladi. Qonun 2025-yil 5-fevraldan boshlab kuchga kiradi.

Источник