Rossiyada migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etildi
Фото: РИА Новости/ Нина Зотина
Soliq kodeksiga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi
Rossiyada 1-sentabrdan boshlab qoʻshimcha davlat bojlari, jumladan, roʻyxatdan oʻtish, migratsiya yozuvlari va ishlash ruxsatnomalari bilan bogʻliq boʻlgan bojlar joriy etildi.Rossiya Federatsiyasining Soliq kodeksiga tegishli oʻzgartirishlar kiritildi va 1-sentabrdan kuchga kirdi.
Shunday qilib, migratsiya nazoratini kuchaytirish maqsadida bir qator qo‘shimcha to‘lovlar joriy etilmoqda, jumladan, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga patent berish yoki uni qayta rasmiylashtirish uchun – 4200 rubl, ishlash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish uchun – 4200 rubl.
Shuningdek, mehnat ruxsatnomasining dublikatini berish, migrant yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning ishlashga ruxsatnomasi yoki patent dublikatidagi ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritish uchun ham yig‘im joriy etildi. Uning miqdori 2100 rublni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, chet ellik ishchilarni yollash va ulardan foydalanish uchun dublikat ruxsatnomalarini berish, shuningdek ularga oʻzgartirishlar kiritish uchun – 2100 rubl, chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasida vaqtincha boʻlish muddatini uzaytirish uchun – 1000 rubl, yashash joyida roʻyxatdan oʻtkazish uchun – 500 rubl miqdorida davlat boji joriy etildi.
Rasmiylar davlat bojining yangilanishi migrantlarni hujjatlari va amal qilish muddatiga nisbatan mas'uliyatni oshirishga undaydi, deb kutmoqda.
Мы используем сервис веб-аналитики Яндекс.Метрика, который анализирует использование сайта и помогает улучшать его работу. Для этого сервис применяет файлы cookie и обрабатывает обезличенные данные о посещениях. Подробнее