Moskvaga kela turib ishonch hosil qilishingiz mumkinki, sizning huquqlaringiz himoyalangan:
SHAXSIY: xavfsiz hayot, mol-mulkning himoya qilinishi, harakatlanish erkinligi, vijdon erkinligi, nikohga kirish erkinligi huquqi.
IJTIMOIY: tibbiy yordam olish, ta’lim olish va dam olish huquqi.
MADANIY: madaniy hayotda ishtirok etish huquqi, ijod huquqi.
IQTISODIY: erkin mehnat qilish huquqi — siz faoliyat turini tanlashingiz va pul ishlab topishingiz mumkin. Qonuniy mehnat qilish uchun siz rasmiy ravishda ishga joylashishingiz va qonunchilikka qat’iy amal qilishingiz lozim.