Фото: РИА Новости/ Кирилл Каллиников
Rossiyada xorijliklarning kirish va chiqish vaqtida biometrik ma’lumotlarini topshirishi bo‘yicha tajriba boshlandi
Bir qator nazorat-o‘tkazish punktlarida xorijliklardan biometrik ma’lumotlarni yig‘ish, shuningdek, Rossiyaga kirish va chiqish qoidalari va shartlarini sinovdan o‘tkazish bo‘yicha eksperiment 2024-yil 1-dekabrdan boshlanadi va 2026-yilning o‘rtalarigacha davom etadi.
Rossiya hukumatining tegishli farmoni yakshanba kuni kuchga kirdi. Xususan, 1 dekabrdan boshlab Moskvaning Sheremetyevo, Domodedovo, Vnukovo aeroportlarida, Moskva yaqinidagi Jukovskiy aeroportida va Orenburg viloyatidagi Mashtakovo yuk-yo‘lovchi nazorat punktida chet elliklar, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan biometrik ma’lumotlar yig‘iladi: ular suratga olinadi va barmoq izlari olinadi (daktiloskopiya).
Tajribaning keyingi bosqichi, hujjatga ko‘ra, 2025-yilning 30-iyunida boshlanadi va 2026-yilning 30-iyuniga qadar davom etadi. Bu yerda allaqachon Rossiya chegarasidagi barcha nazorat punktlari jalb qilinadi. Biometrik ma’lumotlar esa ixtiyoriy ravishda topshirilishi mumkin.