Фото: РИА Новости/ Михаил Метцель
Moskva va Toshkent migratsiya hujjatlari ustida ishlashni davom ettiradi, dedi Putin. Shuningdek, u Rossiyada ishlayotgan O’zbekiston fuqarolariga iqtisodiyotga qo’shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirdi va ularga munosib mehnat sharoitlarini yaratishga va’da berdi. Rossiya O’zbekiston fuqarolarini munosib mehnat sharoitlari bilan ta’minlash uchun barcha ishlarni amalga oshiramiz, dedi prezident Vladimir Putin o’zbek hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralardan so’ng matbuot anjumanida. «Rossiya hukumati-bizda ishlayotgan O’zbekiston fuqarolarini munosib mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoya bilan ta’minlash uchun zarur bo’lgan barcha ishlarni amalga oshirmoqda. Biz migratsiyaga tegishli bo`lgan barcha dolzarb masalalar bo’yicha O’zbekiston hukumati bilan hamkorlikni davom ettiramiz», dedi Rossiya rahbari (RIA Novosti dan iqtibos). Putinning so’zlariga ko’ra, Rossiyada 1 milliondan ortiq O’zbekiston fuqarolari yashaydi, ularning aksariyati qurilish, uy-joy kommunal xo`jaligi va transport-logistika sohalarida ishlaydi. Uning so’zlariga ko’ra, Moskva O`zbekiston fuqarolarining «Rossiya iqtisodiyotini rivojlanishiga qo’shayotgan muhim hissalarini qadrlaydi».