Moskva hukumati Markaziy Osiyolik migrantlar uchun davlat xizmatlarini ularning ona tillarida hamda ingliz va xitoy tillarida taqdim etishni rejalashtirayotganini “Otkritie media” xabar beradi

Mehnat migrantlari, ekspat va sayyohlarni davlat xizmatlariga “ulab” qo‘yish uchun Moskvada istiqomat qiluvchi xorijliklarning “profil”lari tuzib chiqiladi va ularning til omili sababli yuzaga kelayotgan muammolari o‘rganiladi. Bu haqdagi ma’lumot “rus tilini bilmaydigan shaxslar uchun elektron servislarni adaptasiya qilish tajqiqoti” mavzusidagi tender hujjatlarida keltirilgan. Uni AO “Elektronnaya Moskva” (poytaxt mulki departamentiga tegishli) 1 fevral kuni joylashtirgan. O‘tgan yilning oktyabrida shahar meri Sergey Sobyanin pandemiya sababli migrantlarning soni 40 foizga qisqargani va Moskvada ishchilar yetishmasyotganini gapirgan edi. Qurilishlarda ishchi kuchining taqchilligi bois 21 yandarda esa poytaht hokimiyati O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolarini markazlashgan ravishda yollashni boshladilar.
https://openmedia.io/news/n3/meriya-moskvy-adaptiruet-elektronnye-gosuslugi-dlya-migrantov-ix-perevedut-na-yazyki-srednej-azii-i-kitajskij/