Davlat Dumasi ruxsat etilmagan aksiyalarda ishtirok etganlik uchun qo‘lga olingan xorijliklarni RF hudidan chiqarib tashlashni taklif etmoqda

Mazkur tashabbusni Davlat Dumasi deputati Yevgeniy Fedorov ilgar surdi. O‘zining ushbu murojaatini u IIV rahbari Vladimir Kolokol’sev nomiga yo‘lladi. Xatda parlament a’zosi Moskvada bo‘lib o‘tgan aksiyalar xusuda to‘xtaladi. Noqonuniy mitinglarda ishtirok etganlik uchun qo‘lga olinganlar orasida xorij davlatlari fuqarolari ham bo‘lgan. Rossiya fuqarolariga nisbatan qo‘llanilgan jarima, majburiy mehnat yoki qamoq jazosi ularga ham tatbiq etiladi. Xorijliklar nafaqat huquqbuzarlik sobir etadilar, balki “o‘zga mamlakatdagi siyosiy voqelikka ta’sir o‘tkazishga urinadilar”, deya ta’kildanadi. Shularga asoslanib deputat Rossiya Federatsiyasining Ma’muriy huquqbuzarlik kodeksining 20.2 moddasiga o‘zgartirish kiritish taklifini bildiradi. U aksiyalarda ishtirok etgan xorijliklar uchun yangi qoida kiritishni, ya’ni jarima, majburiy mehnat yoki qamoq ko‘rinishidagi ma’muriy jazodan tashqari Rossiya Federatsiyasidan chiqarib yuborish chorasini taklif qildi, -deya xatdan iqtibos keltiradi RT. Bugungi kunda Rossiyadan chiqarib yuborilgan xorijliklar mamlakatga besh yil davomida kirish huquqidan maxrum bo‘ladilar.
https://www.kp.ru/online/news/4183572/