Davlat dumasi muhojirlarning soxta nikohlariga qarshi qonunda o`zgartirishlar kiritdi

Софья Белова/ Фото: РИА Новости/ Владимир Федоренко 

Bundan tashqari, o’zgarishlar farzand asrab olish jarayoni bilan ham bog’liq.

Davlat Dumasi yig’ilishida chet el fuqarolarining huquqiy holatini tartibga soluvchi federal qonun loyihasiga o’zgartirishlar kiritildi.Bu haqda davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin o’zining Telegram kanalida xabar bergan.

Uning so’zlariga ko’ra, deputatlar Rossiya fuqarosi bilan 3 yil davomida turmush qurgan va yashagan holdagina soddalashtirilgan tartibda Rossiya Federatsiyasida vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma berishni taklif qilishdi.

«Agar nikoh o’z manfaati uchun emas, balki sevgi uchun bo’lsa, demak, bu oila qurish uchun to’siq emas. Ittifoq faqat kuchliroq va vaqt sinovidan o’tadi», deya qo’shimcha qildi Volodin.

Yana bir tuzatish soxta otalik yoki onalikka qarshi kurashishga qaratilgan. Deputatlar Rossiya federatsiyasi fuqarosi bo`lgan bolani asrab olgandan keyin doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish tartibini joriy etishni taklif qilishdi, Bunga birgalikda yashab hayot kechirishni boshlagan kundan 3 yil o’tgach doimiy yashash uchun ruxsatnoma olish mumkin bo’ladi va sud uchun dalillarni taqdim etishni talab qilinadi.

Volodin atatistika raqamlarini ham keltirdi. Shunday qilib, ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko’ra, migratsiya maqomini olish uchun 2021 yildan beri 4,3 mingdan ortiq soxta nikohlar tuzilgan.

Источник