Фото: РИА Новости/ Александр Кондратюк
Rasmiylar Krokusdagi teraktdan keyin migratsiya siyosatining takomillashtirishni muhokama qila boshladilar. Qabul qilingan qonun loyihasiga ko’ra, endilikda rasmiylar harbiy ro’yxatdan o`tishdan bosh tortgan shaxslarni Rossiya fuqaroligidan mahrum qilish huquqiga ega bo`ldilar.
Davlat dumasi yalpi majlisda harbiy ro’yxatdan o`tishdan bosh tortgani uchun Rossiya fuqaroligidan mahrum qilish to’g’risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Uchrashuv davlat Dumasi veb-saytida namoyish etildi.
411 kishi ovoz berdi va qo`llab-quvvatladi, qarshi chiqqan va betaraf bo’lganlar yo`q.
«Harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida» gi qonunga parlament quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi «Yedinaya Rossiya» deputatlari tomonidan tuzatishlar kiritildi.
Qonun loyihasida tushuntirish xatida aytilishicha, Rossiya fuqaroligini olgan chet el fuqarolarining yashash joyida harbiy ro’yxatdan o`tish majburiyatiga qaramay,»bunday shaxslar fuqarolikni olgandan keyin harbiy majburiyatni bajarishdan bosh tortgan holatlarda keng ommaga e’lon qilinadi». Bunday misollar, tashabbus mualliflarining fikriga ko’ra, aholining ommaviy g’azabini keltirib chiqaradi, bu ijtimoiy kayfiyatga salbiy ta’sir qiladi, fuqarolik institutining obro’siga putur yetkazadi, shu jumladan yangi fuqarolar orasida hurmatsizlikni keltirib chiqaradi.
Deputatlar takidlashlari bo`yicha fuqarolikka kirish bu insonning samimiy niyatlari, Rossiya xalqining umummilliy manfaatlari va Konstitutsiyada mustahkamlangan qadriyatlarni anglashidan kelib chiqadigan ongli qadam ekanligini ta’kidladilar. «Qonun loyihasi fuqaroni harbiy ro’yxatga olish va Rossiya fuqaroligini olish jarayonlarini bir- biri bilan sinxronlashtirishni taklif qiladi», deyiladi tushuntirish xatida.
Qonunda kiritiladigan o`zgartirishlarga ko’ra, endilikda ichki ishlar vazirligi organlari fuqarolikka qabul qilish to’g’risida qaror qabul qilingan va qasamyod qilishni tashkil etish rejalashtirilgan erkaklar to’g’risida ma’lumotlarni berish uchun idoralararo elektron hamkorlikning yagona tizimidan (SMEV) foydalangan holda elektron shaklda murojaat qilishlari shart.
Rasmiylar bahorda migratsiya siyosatini takomillashtirishni muhokama qila boshladilar. Bunga asosiy sabab Tojikiston fuqarolari tomonidan «Krokus» da sodir etilgan terrorchilik hujumi va uning qurbonlari 145 kishi bo’lgan. RBK hisob-kitoblariga ko’ra, Moskvada 2024 yilning birinchi yarmida «migrant» moddalari bo’yicha 18 foizga ko’proq qarorlar qabul qilingan. Eng muhimi Krokusdagi teraktdan keyingi haftalarda va iyun oyida bunday qarorlar soni va takliflar jadallik bilan qabul qilina boshlandi. Shuningdek, 2024 yil boshidan beri Rossiyadan qonunni buzgan 65 ming chet ellik fuqarolar o`z yurtlariga chiqarib yuborildi, Rossiya hududiga kirish 120 ming chet el fuqarolari uchun yopildi, ichki ishlar vazirligi hisobotiga ko`ra.
19 iyul kuni Volodin malum qilishicha deputatlar 25 ta qonun loyihasini ko’rib chiqayotganini ma’lum qildi. Bu qonun loyihasida migratsiya nazoratini tartibga solish, chet el fuqarolarining huquqiy ahvolini aniqlash, shuningdek, fuqarolikni berish bilan bog’liq masalalarni hal qilishga qaratilgan. To’rt kundan so’ng, migratsiya siyosatiga o’zgartirishlar kiritish va xususan, migrantlar davlatdan chiqarib yuborishni yangi rejimini joriy etish to’g’risidagi qonunlar qabul qilindi. Bu Rossiyada noqonuniy bo’lgan chet el fuqarolariga, shuningdek huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan qo’llaniladi. Ularga qarshi turli xil cheklovlar qo’yilishi mumkin, masalan, ko’chmas mulk va transport vositalarini sotib olishni taqiqlash, mashinani boshqarish, Rossiya hududida erkin harakatlanish, turmush qurish, banklarda yangi hisob raqamlarini ochish kabi cheklovlardur.