Yaqin kunlarda Rossiya Ichki ishlar vazirligi poytaxt aeroportlariga kelayotgan muhojirlarning barmoq izlarini olish va suratga olishni boshlaydi

Фото: © Антон Новодережкин/ ТАСС

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi migratsiya masalalari bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakova ma’lumot berdi. “Afsuski, biz hozircha chegarada barmoq izlarini olish amaliyotini o‘tkazmayapmiz, lekin Moskva hukumatining takliflarini inobatga olgan holda, menimcha, yaqin kelajakda biz ushbu tajribani o‘tkazishni boshlaymiz. O‘sha paytda Moskva havo yo‘llaridagi har bir aeroportda (tashrif buyuruvchilar)ning barmoq izlari va suratlari olinadi.Va o‘sha “o‘zgartiruvchi”lar, ularni shunday deb ataydigan bo‘lsak, ya’ni o‘rnatilgan ma’lumotlarini o‘zgartiradigan shaxslar, Rossiya Federatsiyasi hududiga kira olmaydilar”, dedi u – “Rossiya xalqlari — milliy siyosat: zamonaviy bosqich” mavzusida o‘tkazilgan IV Butunrossiya forumining yalpi majlisida.

Источник