Фото: Пресс-служба ДУММО
Moskva viloyati Musulmonlar diniy boshqarmasi raisi muftiy Rushan Abbyasov va Volokolamsk rahbari Mixail Siilka okrugning musulmonlar diniy-ma’rifiy markaziga tashrif buyurishdi, uning tantanali ochilishi 11 mayga rejalashtirilgan. Tomonlar ochilish marosimining ssenariysi va bayramga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilib, atrofdagi hududni obodonlashtirishga taalluqli asosiy masalalarni ishlab chiqdilar. Rushan hazrat Markaz yodgorlik maqomiga ega ekanligini va uning binolaridan birida Volokolamsk tarixi, uning o’rta asrlar davri va eng muhimi, Ulug’ Vatan urushi davriga, xususan Panfilov qahramonlarining jasoratiga bag’ishlangan muzey bo’lishini ta’kidladi.