SF migrantlarga ikki hududda yagona patent bilan ishlash imkonini beruvchi qonunni ma’qulladi

Bunday tartiblar Moskva, Moskva viloyati, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatida amal qiladi.
FederatsiyaKengashiyalpimajlisda Rossiya Federatsiyasining bir hududida patent olgan migrantlarga qo‘shni hududda ham ishlash imkonini beruvchi qonunni ma’qulladi. Yangi qoidalar Moskva va Moskva viloyati, shuningdek, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatiga tatbiq etiladi.
Hujjatgako‘ra, RossiyaFederatsiyasining bir hududida patent olgan xorijiy fuqarolarga boshqa bir hududda ham ishlash imkoniyati beriladi, ish beruvchilarga esa boshqa bir hududda patent olgan xorijliklarni ishga jalb qilish huquqi taqdim etiladi. Shuningdek, xorijlik mutaxassislarni ishga jalb qilishning majburiy sharti – Rossiyaga vizasiz kirgan xorijiy fuqarolar tomonidan patent asosida mehnat faoliyati olib borilishi to‘g‘risida RFning tegishli hududlari o‘rtasida tuzilgan kelishuvning mavjudligi bo‘ladi.
Qonunasosida Moskva va Moskva viloyatining oliy mansabdor shaxslari o‘zaro, shuningdek, Sankt-Peterburg va Leningrad viloyatining oliy mansabdor shaxslari o‘zaro kelishuv tuzish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda kelishuv amal qilgan davr davomida hududning mehnat bozoriga xos xususiyatlarni aks ettiruvchi koeffitsient o‘lchovi va xorijiy fuqarolarning patentida kasb ko‘rsatilishiga oid qarorning mavjudligi (yoki yo‘qligi) o‘zaro mosbo‘lishilozimbo‘ladi.