Rossiyada hududida noqonuniy bo`lgan muhojirlarni davlatdan chiqarib yuborish rejimiga tegishli qonun kuchga kirdi

Rossiyada 5 fevral kuni mamlakatda noqonuniy bo'lgan chet el fuqarolariga qarshi davlatdan chiqarib yuborish rejimiga tegishli qonun kuchga kirdi. Bu haqda Rossiya federatsiyasi ichki ishlar vazirligi eslatib o`tdi.
Muhojirlarni davlatdan chiqarib yuborishning yangi huquqiy rejimini belgilovchi federal qonun o'tgan yilning avgust oyida Rossiya federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolangan.
Mamlakatda bo`lgan barcha noqonuniy muhojirlar Rossiya hududidan deportatsiya qilinadilar, mustaqil ravishda chiqib ketadilar yoki muhojirlar qonuniy davlatda qolish imkonini beruvchi barcha hujjatlarini o`zlari mustaqil ravishda tiklab oladilar. Barcha yuqorida ko`rsatilgan ishlar amalga oshguniga qadar barcha noqonuniy muhojirlar shaxslarni nazorat qiladigan reyestrga kiritiladilar.
Ushbu reyestr Rossiya federatsiyasi ichki ishlar vazirligining veb-saytida bepul taqdim etiladi. Ushbu saytda manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan ish beruvchilar chet el fuqarosi haqida ma'lumot olishlari mumkin bo`ladi.
Davlatdan chiqarib yuborish to`g`risidagi rejim noqonuniy muhojirlarning ayrim huquq va erkinliklarini cheklashni nazarda tutadi.
Masalan, ular ichki ishlar organining ruxsatisiz yashash joylarini o'zgartira olmaydilar,belgilangan hududdan tashqariga chiqa olmaydilar, transportni boshqara olmaydilar, bank operatsiyalarini amalga oshira olmaydilar va mol-mulk sotib olmaydilar. Shuningdek, nazorat ostidagi chet el fuqarolari Rossiyada turmush qura olmaydi.
Takroriy qoidabuzarliklar sodir etilgan taqdirda, muhojir ichki ishlar vazirligining hududiy organining maxsus muassasasiga joylashtiriladi va keyinchalik mamlakatdan chiqarib yuboriladi.