Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan chet elga tashkillashtirilgan holda ishlash uchun yuborilgan, biroq yashab turgan mamlakat qonunchiligini buzgani sababli deportatsiya qilingan fuqarolarga nisbatan xarajatlarni undirish tartibi tasdiqlangan.
"Hujjatga ko‘ra, agar deportatsiya qilingan fuqaro Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qaytarilgan bo‘lsa, uni qaytarishga sarflangan mablag‘lar fuqaroning o‘zidan undiriladi", — deyiladi agentlik xabarida.
Shuningdek, jamg‘arma tomonidan ajratilgan subsidiyalar va kompensatsiya pullari ham qaytarilishi lozim. Bunday fuqarolarga bir yil davomida rivojlangan mamlakatlarga tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish xizmatlari ko‘rsatilmaydi, — deya qo‘shimcha qilindi matbuot xizmatida.
Мы используем сервис веб-аналитики Яндекс.Метрика, который анализирует использование сайта и помогает улучшать его работу. Для этого сервис применяет файлы cookie и обрабатывает обезличенные данные о посещениях. Подробнее