Migrantlarni mobil ilova orqali ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi tuzatma qabul qilindi

Фото: РИА Новости/ Алексей Майшев

Eksperimentning maqsadi xorijiy fuqarolar va ularning harakati haqidagi ma’lumotlarni qayd etish va umumlashtirish usullarini sinovdan o‘tkazishdir.

Davlat Dumasi 2025-yil 1-sentabrdan 2029-yil 1-sentabrgacha Moskva shahri va Moskva viloyatida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni hisobga olishning qo‘shimcha mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha eksperiment o‘tkazishga doir tuzatmani qabul qildi. Ushbu tuzatma migrantlarga Rossiya Federatsiyasining bir hududida patent olgan holda, unga tutash hududda ham ishlashga ruxsat berilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasining ikkinchi o‘qishida qo‘llab-quvvatlandi.

Eksperimentning maqsadi xorijiy fuqarolar vaularning harakati haqidagi ma’lumotlarni qayd etish va umumlashtirish usullarini sinovdan o‘tkazishdir. Eksperiment ishtirokchilari – patent asosida ishlash uchun vizasiz kelgan xorijiy fuqarolar, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining federal qonunlari yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq mehnat ruxsatisiz yoki patentsiz ishlash huquqiga ega bo‘lgan shaxslar (Belarus Respublikasi fuqarolaridan tashqari) bo‘ladi. Bundan tashqari, dastlab boshqa maqsadda kelib, keyinchalik tashrif maqsadini o‘zgartirgan xorijiy fuqarolar ham ishtirok etishi mumkin.

 

Boshqa yangiliklar
Задать вопрос