Migrant bolalari maktab imtihonidan o‘tolmasa, ularning ota-onasiga nisbatan chora ko‘riladi

Rosobrnadzor rahbari Anzor Muzaevning ta’kidlashicha, buma’muriyjavobgarlikninazardatutadi.
Migrant bolalarirustilidan test sinovidan muvaffaqiyatli o‘ta olmasa, ular testni yana bir bor topshirish huquqiga ega. Ammo agar ikkinchi urinish ham muvaffaqiyatsiz bo‘lsa, u holda Ichki ishlar vazirligi ota-onalarga nisbatan o‘z majburiyatlarini bajarmagani uchun choralar ko‘rishi kerak. Bu haqda Rosobrnadzor rahbari Anzor Muzaev Peterburg xalqaro huquqiy forumida ma’lum qildi.
“Mexanizm quyidagicha – agar ota-onalar bolani maktabga joylashtirish istagidan voz kechmagan bo‘lsa, uch oy ichida o‘z hisobidan bolaga dars berishlari, kurs topishlari kerak. Ulardaqaytaurinibko‘rish huquqi bor. Har bir bola haqida maktabga berilgan ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligiga topshiriladi, va mahalliy idoralar ota-onalarni nazorat qilishi kerak. Agar uch oydan so‘ng bola testni yana o‘tolmasa, choralar bolaga emas, balki ota-onaga nisbatan ko‘riladi”, – dedi Muzaev. U bu choralar ma’muriy javobgarlik doirasida bo‘lishini aniqlashtirdi.
Muzaevningta’kidlashicha, migrant bolalar uchun test topshirish jarayonini nazorat qilish bo‘yichanazorat susaytirilmaydi. “Bu jarayonni diqqat bilan kuzatmoqdamiz, nazorat susaytirilmaydi. Eng asosiysi – avval kattalar bilan yo‘l qo‘yilgan xatoni bolalar bilan takrorlamaslikdir. Test o‘tkazish huquqiga ega tashkilotlar juda ko‘p (shu jumladan, tijorat tashkilotlari ham – TASS izohi). Shu sababli Rosobrnadzor va Ta’lim vazirligi bu jarayonda qat’iy nazoratni saqlab qolishi kerak, o‘qituvchilar va maktab direktorlariga bosim bo‘lmasligi kerak”, – dedi u.