Fevral oyida ichki ishlar vazirligi noqonuniy muhojirlarga tegishli elektron reyestrini ishga tushiradi
РИА Новости/Александр Кряжев
Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Aleksandr Gorova Rossiya federatsiyasi hududida noqonuniy muhojirlarga bir qator davlat xizmatlari ko`rsatilmasligi va cheklovlar haqida ta'kidlab o`tdi.
Rossiya Federatsiyasida noqonuniy bo'lgan chet el fuqarolariga tegishli elektron reestri 5 fevraldan boshlab ishga tushadi. Ro'yxatga olish kitobi ishga tushirilgandan keyi har kuni yangi malumotlar yuklab boriladi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Aleksandr Gorova Luganskda Lugansk Xalq Respublikasida mintaqaviy ichki ishlar vazirligining migratsiya masalalari bo'yicha boshqarmasi binosi ochilganda ma'lum qildi.
"Joriy yilning 5 fevralidan boshlab Rossiya federatsiyasi ichki ishlar vazirligining axborot markazi bazalar malumotida Rossiya hududida noqonuniy ravishda joylashgan xorijiy fuqarolarning reestri ishlga tushadi. Ushbu reyestr ish beruvchilar, barcha xususiy tadbirkorlar, chet el fuqarosi bilan mehnat shartnomasini tuzish niyatida bo'lgan Rossiya federatsiyasi fuqarolari uchun ochiq bo'ladi. Ular ushbu bazaga Internet orqali kirish imkoniyatiga ega bo'ladilar - bu ochiq baza bo'ladi - va chet el fuqarosining Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy ekanligini tekshirish va shundan keyingina ish beruvchiga u bilan mehnat shartnomasini tuzish huquqi beriladi", dedi u.
Gorovaning ta'kidlashicha, Rossiya federatsiyasi hududida noqonuniy muhojirlarga bir qator davlat xizmatlari, shu jumladan nikohni tuzish va bekor qilish, bank xizmatlari, transportni boshqarish va ro'yxatdan o'tkazish, havo va temir yo'l chiptalarini sotib olish kabi xizmatlar cheklanadi. Uning so'zlariga ko'ra, bu"chet el fuqarolarining mamlakatimiz hududida qonuniy bo'lib turganliklarini ochiq tarzda kuzatish "uchun imkoniyat yaratib beradi.
Мы используем сервис веб-аналитики Яндекс.Метрика, который анализирует использование сайта и помогает улучшать его работу. Для этого сервис применяет файлы cookie и обрабатывает обезличенные данные о посещениях. Подробнее