Tadqiqot: migrantlarning daromadi rus tilini bilishlariga bog’liq ekanligi haqida
Rossiyadagi muhojirlarning ish haqi darajasi rus tilini bilishlariga bog’liq bo’ladi. Bu haqda Rossiya migrantlar Federatsiyasi prezidenti Vadim Kojenov Moskvadagi matbuot anjumanida ta’kidlab o‘tdi. Bu bog’liqlikni Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Tojikistondan kelgan 5 mingga yaqin mehnat muhojirlari o‘rtasida o‘tkazilgan tadqiqot ko‘rsatdi. “Ma’lum bo’lishicha, odamlar daromadlari bo’yicha bir-birlaridan 40 foizga farq qiladilar. Ya’ni, rus tilini yomon bilganlar o‘rtacha 37 ming rubl, rus tilini yaxshi bilaman deganlar esa o‘rtacha 49 ming rubl ishlab topadilar”, - dedi Kojenov.
Мы используем сервис веб-аналитики Яндекс.Метрика, который анализирует использование сайта и помогает улучшать его работу. Для этого сервис применяет файлы cookie и обрабатывает обезличенные данные о посещениях. Подробнее