So‘nggi yilda Rossiyada xorijiy ishchilar soni sezilarli qisqardi, hozirda iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun ularga ehtiyoj bor

Buni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlamoqda, deb xabar beradi TASS. Uning so‘zlariga ko‘ra jiddiy rejalarni amalga oshirish uchun migrantlar, ya’ni “arzon ishchi kuchi yetmayapti”. Keluvchilar soni ortishidan rossiyaliklar norozi ekanliklarini Kremldagilar sezishmayaptimi, degan savolga u shu tarzda javob berdi. Muammoning o‘zi xususida esa Peskov izoh berishdan bosh tortdi, bu boradagi biron bir sosiologik tadqiqotlar asosidagi ma’lumotlar (rossiyaliklarning munosabati xususida) bilan tanish emasligini ilova qilib. Savol prezident administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Magomedsalom Magomedovning davlat milliy siyosati strategiyasini 2025 yilgacha amalga oshirish yuzasidan bo‘lib o‘tgan majlisdagi bayonoti bilan bog‘liq bo‘lgan edi. U 2020 yilda migrantlarga salbiy munosabatdagi rossiyaliklar soni 7,5 foizgna ortganini ma’lum qilgan.
https://lenta.ru/news/2021/04/08/pouehali/