Rossiyaga vizasiz rejimda kirib kelayotgan mehnat muhojirlari va chet el fuqarolari endilikda uzoq muddatli bo‘lish uchun daktiloskopiya, suratga olish va tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari shart. Tegishli qonun chorshanba kuni kuchga kirdi.
“Qonunga muvofiq, 2021-yil 29-dekabrdan keyin Rossiya Federatsiyasiga kelgan chet el fuqarolari majburiy davlat daktiloskopiya roʻyxatidan oʻtishlari, fotosuratga tushishlari, shuningdek tibbiy koʻrikdan oʻtishlari hamda Rossiya Federatsiyasi hududida qonuniy boʻlishlari uchun bu haqda tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lishi kerak”,– deb Rossiya IIV matbuot markazida xabar berishdi.
Мы используем сервис веб-аналитики Яндекс.Метрика, который анализирует использование сайта и помогает улучшать его работу. Для этого сервис применяет файлы cookie и обрабатывает обезличенные данные о посещениях. Подробнее