Rossiyada joriy yilning o‘n oyida mehnat muhojirlariga berilgan patentlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb ikki baravar ko‘paydi.

Фото: Иван Шилов@ИА REGNUM.

Buni Ichki ishlar vazirligining 2021-yil yanvar oyidan oktyabr oyigacha bo’lgan davrning migratsiya bo‘yicha ma’lumotlari ham tasdiqlaydi. Ushbu vaqt davomida xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 1 853 395 ta patent rasmiylashtirildi. O‘tgan yilning 10 oyi davomida bu ko‘rsatkich 971 854 tani tashkil etgan edi. Avvalroq Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining mehnat migratsiyasi va ijtimoiy himoya departamenti direktori Oltinoy Omurbekova 2021-yilda Rossiyada bir yil avvalgiga nisbatan uch baravar ko‘p migrantlar borligini ma’lum qilgandi. Mutaxassislarning fikricha, bu koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yilda Rossiyani tark etgan ishchilar ommaviy ravishda qaytib kela boshlayotganini anglatadi.

https://rg.ru/2021/12/06/potok-migrantov-vnov-hlynul-v-rossiiu.html