Rossiya restoratorlari, mehmonxonachilari, chakana savdo tarmoqlari, shuningdek, ulgurji import qiluvchilarga taklif etilayotgan Oʻzbekiston mahsulotlari koʻrgazma-yarmarkasi dasturi

Фото : РИА Новости/Григорий Сысоев

Tadbir 2022-yil 31-may kuni Moskva shahar, Pogorelskiy ko‘chasi, 12-uy manzilida joylashgan elchixona binosida bo‘lib o‘tadi. Rossiya Restoratorlar va Mehmonxonachilar Federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi bilan birgalikda muhim voqea – O‘zbekiston Respublikasi eksportini kengaytirish va HoReCa sohasini Rossiyada yangi yetkazib beruvchi kompaniyalarni taqdim etish maqsadida, O‘zbekiston mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazmoqda. Tadbirning yana bir muhim mavzusi – O‘zbekistondan mehnat muhojirlarini Rossiyadagi HoReCa sohasiga yollash va jalb qilishni tashkil etish. Bizning hamkasblarimiz Rossiya Federatsiyasi hududida qo‘llaniladigan ish standartlariga muvofiq Rossiyadagi mehmonxonachilar va restoratorlar uchun zarur bo‘lgan xodimlarni yo‘naltirishga va o‘qitishga tayyor.

Источник