Фото: Сергей Карпухин/ТАСС.
Rossiya hukumati Oʻzbekiston fuqarolarini ichki mehnat bozoriga jalb qilish boʻyicha loyihaga oʻzgartirishlar kiritdi. Sanoat korxonalariga muhojirlarni ishga qabul qilishga ruxsat beriladi, ular uchun sanitariya nazorati ham yumshatiladi. Shu bilan birga, Mehnat vazirligi joriy yilda xorijliklarga talab kamayganini qayd etadi. Muhojirlar taqchilligi pandemiya davrida boshlangan edi. Endilikda hukumat kvotalar soni boʻyicha cheklovni olib tashlab, yengil sanoat korxonalariga ham loyihada ishtirok etishlariga ruxsat bermoqda.