Зоя Осколкова/Фото: РИА Новости/Сергей Батурин
Rossiyada ish bilan ta’minlash va yashash uchun ruxsatnoma olish tartibi soddalashtirildi. Bu axborot texnologiyalari sohasida ishlaydigan xorijiy mutaxassislarga tegishli. Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Irina Volkning so’zlariga ko’ra, chet ellik IT-mutaxassislar ishlash uchun ruxsatnoma yoki patent olmasdan, axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritadigan tashkilotlar bilan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik shartnomasini tuzishlari mumkin. Bunday kompaniyalar, shuningdek, tegishli davlat akkreditatsiyasi to’g’risidagi hujjatni olishlari kerak. «Akkreditatsiya qilingan IT-kompaniyada mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xorijiy IT-mutaxassisga, shuningdek uning oila a’zolariga (shu jumladan turmush o’rtog’i), bolalari (shu jumladan farzandlikka olinganlar), farzandlarining turmush o’rtoqlari, ota-onalari (shu jumladan farzandlikka oluvchilar), ota-onalarining turmush o’rtoqlari, buvilari, bobolari, nabiralari) Rossiya Federatsiyasida soddalashtirilgan tartibda amal qilish muddatisiz yashash uchun ruxsatnoma olish huquqiga ega», – ta’kidladi Volk.