Фото: Андрей Батурин/Фотобанк Лори
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Tojikiston hududida pasport-viza xizmati ishini tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda dushanba kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligining “Pasport-viza xizmati” federal unitar korxonasi direktorining birinchi o‘rinbosari Sergey Kulikov mehnat, migratsiya va bandlik vaziri o‘rinbosari Shaxnoza Nodiriy bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Tojikistonda pasport-viza xizmati filialining ochilishi [muhojirlar] safari boshlanishidan oldin hujjatlar to‘plamini tayyorlash bo‘yicha ishlarning qariyb 80 foizini tashkil etish imkonini beradi. Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishi bilan Tojikiston fuqarolari – mehnat muhojirlari, ishlash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lib, darhol ishga kirishishlari mumkin bo‘ladi «,– deya Kulikov so‘zlarini keltiradi «Xovar» axborot agentligi. Qayd etilishicha, respublika fuqarolari ketishdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tish, taklif etilayotgan mehnat sharoitlari, mehnat shartnomasi, ish haqi bilan tanishish va vositachilarsiz qaror qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Uchrashuvda Kulikov agar hujjatlarni rasmiylashtirish va mehnat faoliyatini soddalashtirish bo‘yicha taklif qo‘llab-quvvatlansa, xizmat ishchi guruhi Tojikistonga jo‘nab ketishga tayyorligini aytdi.