Фото: Москва 24/Роман Балаев
Muhojirlarning Rossiya Federatsiyasida qisqa muddatli qolishining yagona muddati kalendar yili uchun 90 kun bilan cheklanishi mumkin. O’tgan yilning sentabr oyida Rossiya hukumatiga tegishli qonun loyihasi kiritildi. Ayni paytda u Rossiya federatsiyasi hukumati apparati saytida takomillashtirilmoqda. Ichki ishlar vazirligining qo’shimcha qilishicha, uzoq muddatli yashash huquqiga ega bo’lgan xorijliklar (masalan, talabalar yoki mehnat muhojirlari) uchun yashash muddati bunday huquqni olish asosida belgilanadi. Amaldagi qonunchilikka ko’ra, mamlakatga vizasiz kelgan muhojirlarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha qolish muddati har 180 sutka davomida 90 kundan oshmasligi kerak. Chet elliklar uchun Rossiyada vaqtincha qolish muddati ham 90 kundan oshmasligi kerak.