Фото: Александр Манзюк / ТАСС
Poytaxtda migrantlar o‘rtasida meningit bilan bog‘liq “qiyin vaziyat” qayd etildi. Bu haqda Moskva Rospotrebnadzor rahbari Elena Andreyeva «Mening poliklinikam» forumida ma’lum qildi.
«Bizda shaharda meningokokk infektsiyasi bo’yicha qiyin vaziyat mavjud, asosan migrantlar kasallanishmoqda, chunki migrantlar Moskvaga immunitet jihatidan mutlaqo «toza» holda kelishadi», dedi Andreyeva («Interfaks» dan iqtibos). Andreyevaning aniqlik kiritishicha, 17 dekabr kuni Rospotrebnadzor “shahar meningal infeksiya bilan qoplanmasligi” uchun tayyorgarlik blokini ishlab chiqqan. Taqdimot davomida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘n oy ichida mehnat migrantlari orasida 32 ta kasallik o‘choqlari aniqlangan. Andreyevaning ta’kidlashicha, birlamchi bo’g’in tibbiy yordam mutaxassislari migrantlarni emlashni amalga oshirishmoqda, chunki klinik holat «juda og’ir» – o’lim holatlari ham mavjud. Rospotrebnadzor, shuningdek, emlanish orqali meningitga qarshi kurash kampaniyasini ham boshlab yuborgan.