Rospotbernadzor mirgantlarning tibbiy ko’riklari yagona bazasini yaratishni rejalashtirmoqda

Фото: пресс-служба ГУ МВД России по Московской области.

Rossiyada sanitar epidemiologik xususiyatdagi ma’lumotlar federal tizimi paydo bo’ladi, u o’z vaqtida kasallangan xorijliklarni aniqlash va ularni tezkorlik bilan deportatsiya qilish imkonini beradi. 14 oktyabrda Me’yoriy-huquqiy aktlar loyihalari portalida chop etilgan qonun loyihasida mos tizimni yaratish bilan Rospotrebnadzor shug’ullanishi aytib o’tilgan. Kutilmoqdaki, tizim Rospotrebnadzor va Rossiya Sog’liqni saqlash vazirligi, shuningdek, sog’liqni saqlash sohasidagi mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlari va aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida ma’lumotga ega bo’lgan tashkilotlarning ma’lumotlar bazalarini birlashtirish imkonini yaratadi. Loyihada turli kasalliklarning tarqatuvchisi bo’lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni tezkorlik bilan aniqlash nazarda tutilgan. Qabul qilinish holatida qonun 31 oktyabrdayoq kuchga kirishi mumkin.

https://mockva.ru/2021/10/15/334412.html