Ramazon hayiti kuni Moskvadagi masjidlar barcha dindorlar uchun ochiq bo‘ladi

Фото : РИА Новости/Александр Вильф

Kuni kecha Moskva jome’masjidining majlislar zalida RF MDI raisining birinchi o‘rinbosari Damir Muxetdinov raisligida “Ramazon hayiti– 2022” tashkiliy qo‘mitasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda: rais o‘rinbosari – RF MDI ishlari bohqaruvchisi Rafiq Fattaxettinov, rais o‘rinbosari – RF MDI ma’muriyati rahbari Ildar Nurimanov, RF MDI raisi o‘rinbosari – Ildar Alyautdinovlar, RF MDI oqsoqollar kengashi rahbari Damir Gizatullin, shuningdek, dinniy idora xodimlari, Moskva jome’masjidi imomlari ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida Moskvadagi Jome, Tarixiy va Memorial masjidlarida Ramazon hayiti namozini o‘qishni tashkil etish va tartibi muhokama qilindi. Bu yil Covid19 koronavirus pandemiyasidan keyin birinchi marta barcha imonlilar namozda qatnasha oladilar. Shaxsan kela olmaganlar muftiy shayx Ravil G‘aynutdinning bayram xutbasini Musulmonlar diniy idorasining rasmiy sayti (efir soat 7:00 da boshlanadi) yoki “Rossiya 1” telekanali (efir soat 9:00 da boshlanadi) orqali jonli efirga ulashlari mumkin.

Источник