Qurbon hayiti kuni poytaxtdagi masjidlarda bayram marosimi bo‘lib o‘tadi

Фото: Ведяшкин Сергей/АГН Москва.

Poytaxt masjidlarida 9-iyul kuni Qurbon hayiti munosabati bilan bayram marosimi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Moskva shahar axborot agentligiga, Rossiya Muftiylar kengashi va Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari, Rossiya Muftiylar kengashi apparati rahbari, Moskva viloyati musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, Rushan Abbyasov ma’lum qildi.

“Anʼanaga ko‘ra, Qurbon hayiti kuni Moskvada bosh masjidlarimiz ochiladi. Moskva jome’masjidida soat 7:00 da Rossiya musulmonlari diniy yetakchisi, muftiy Shayx Ravil Gaynutdinning ma’ruzasi va efirga uzatilish boshlanadi. Ba’zi masjidlar odamlarni tuplanishini oldini olish uchun biroz oldinroq ochiladi. Bu masala Moskva hukumati bilan birgalikda ishlab chiqilmoqda. Yaxshi, dam olish kuni bo‘ladi, Qurbon hayiti bayrami shanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda. Mo‘minlar masjidga keladilar, ma’ruza tinglaydilar, namoz o‘qiydilar. Keyinchalik – bu qurbonlik bayrami boʻlgani uchun – odamlar ushbu udumni oʻtkazadilar”,– xabar berdi Abbyasov.

Источник