Qirg‘iziston hukumati Bishkekda respublika mehnat muhojirlarini Moskvada uyushgan holda ishga joylashtirish markazini ochishni rejalashtirmoqda

Фото: © Sputnik / Pixabay/ Free-Photos

Bu haqda seshanba kuni Bishkekda boʻlib oʻtgan “Migratsiya va taraqqiyot: istiqbollar va yangi imkoniyatlar” forumida Qirgʻiziston mehnat, ijtimoiy himoya va migratsiya vaziri oʻrinbosari Nurdoolot Bazarbayev maʼlum qildi. “Moskvaning “Ko‘p funksiyali migratsiya markazi” davlat byudjet muassasasi bilan tuzilgan shartnoma doirasida ushbu tashkilotning Bishkek shahrida vakolatxonasini ochish varianti ko‘zda tutilgan”,– dedi u. Vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Qirgʻiziston poytaxtida ushbu tuzilma vakolatxonasi ochilishi qirgʻizistonlik mehnat muhojirlarining Moskvada boʻlishlari uchun sharoitlarni sezilarli darajada osonlashtiradi. Xususan, ular oldindan barmoq izlarini olish tartibidan yoki tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi. Bazarbayev taʼkidlaganidek, Rossiya eng koʻp qirgʻizistonlik mehnat muhojirlari ishlash uchun ketayotgan mamlakat boʻlib qolmoqda. “Hozir 700 mingdan ortiq fuqarolarimiz Rossiya Federatsiyasida mehnat qilmoqda”,– deya tasdiqladi u.

Источник