Олеся Павленко/Фото: Глеб Щелкунов, Коммерсантъ
Rossiya prezidenti Vladimir Putin qurolli kuchlarda harbiy xizmatni o’tash uchun shartnomalar tuzgan chet el fuqarolariga soddalashtirilgan tartibda Rossiya fuqaroligini olishga imkon beradigan farmonga o’zgartirish kiritdi. Fuqarolikni olish uchun maxsus operatsiyada ishtirok etgan chet ellik uchun bir yilga shartnoma tuzish kifoya. Hujjatga ko’ra, prezidentning 2022-yil 30-sentabrdagi «Rossiya federatsiyasi fuqaroligiga harbiy xizmatni o’tash bo’yicha shartnomalar tuzgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni soddalashtirilgan tartibda qabul qilish to’g’risida»gi farmoniga o’zgartirishlar kiritilgan. Matndan ko’rinib turibdiki, Ukrainada harbiy operatsiya paytida bir yil muddatga harbiy xizmat uchun shartnomalar tuzgan chet elliklar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar soddalashtirilgan tartibda fuqarolikni olish uchun murojaat qilishlari mumkin. Soddalashtirilgan tartib ularning oila a’zolari uchun ham joriy etiladi.