Putin muhojirlarni Rossiyada ishlashga o’z vatanlaridayoq tayyorlashni targʻib qildi
Фото: Артём Геодакян / ТАСС.
Rossiyaga ishlash uchun kelgan muhojirlar rus tilini o‘z vatanlaridayoq o‘rganishlari shart. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu haqda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari bo‘yicha kengash yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Bizning mamlakatimizda ishlashni xohlovchilar bizning mamlakatimizga qiladigan ushbu safarlari va bu yerda ishlashga o‘z vatanlaridayoq tayyorgarlik ko‘rishini boshlashlari ustida shug’ullanishimiz kerak, – dedi Prezident. U tilni bilishdan tashqari Rossiya qonunchiligi, urf-odatlari, huquqlarini ham o‘rganish kerakligini tushuntirdi. Putin bu masalani O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muhokama qilganini ma’lum qildi. Putinning soʻzlariga koʻra, ushbu yoʻnalishda Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston bilan ham hamkorlikda ish olib borilmoqda.
Мы используем сервис веб-аналитики Яндекс.Метрика, который анализирует использование сайта и помогает улучшать его работу. Для этого сервис применяет файлы cookie и обрабатывает обезличенные данные о посещениях. Подробнее