O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida ishlash uchun tashkiliy ravishda jalb qilish deyarli 10 foizga oshdi

Фото: РИА Новости/ Александр Кряжев

Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistondan Rossiyaga mehnat muhojirlarini tashkiliy ravishda jalb qilish 23 ming kishiga yetdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 9,5 foizga ko‘pdir. Bu haqda “TASS”, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi migratsiya agentligining ma’lumotiga tayanib xabar berdi. 2017-yilda O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun tashkiliy jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi. Rossiya Ichki ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Rossiya Federatsiyasiga joriy yilning yanvar-iyun oylarida 1,8 million Oʻzbekiston fuqarosi migratsiya boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan, ulardan 1,6 millioni ishlash uchun, 21,6 ming nafari o‘qish uchun, 3,5 ming nafari sayyoh sifatida kelgan. Moskvadagi o‘zbek diasporasi rahbari Baxrom Ismoilov “Vedomosti” nashriga bergan intervyusida rubl kursining pasayishi sababli Rossiya Federatsiyasi mehnat muhojirlarining uchdan bir qismini yo‘qotishi mumkinligini aytdi.

Источник