Moskvada politsiya mavjud bo‘lmagan chilimxonaning yerto‘lasida qulflangan 25 yoshli migrantni qutqarib qoldi

Фото: Telegram-канал Mash

Moskvada politsiya mavjud bo‘lmagan chilimxonada qamalib qolgan tojikistonlik 25 yoshli migrantni qutqarib oldi. Bu haqda, Mash Telegram kanali 15-dekabr, payshanba kuni xabar bermoqda. Kanal xabariga ko‘ra, jabrlanuvchi internetda 20 yoshli qiz bilan tanishgan. Qiz uni Savvinskaya qirg’oqoldida uchrashishga taklif qilgan. Yigit rozi bo’lgan, biroq kechki ovqatdan keyin hisob-kitob menyudagi narxlardan to’rt barobar ko’p ekanligini ko’rib qolgan. U to‘lashga rozi bo‘lmagani uchun uni yerto‘laga sudrab olib kirishgan va qamab qo‘yishgan. Asirga pul olib kelish uchun do‘stiga qo‘ng‘iroq qilishga ruxsat berishgan, biroq jabrlanuvchi huquq-tartibot xodimlariga qo’ng’iroq qilgan. IIV xodimlari yetib kelib, uni ozoq qilishgan. Ma’lum bo’lishicha, rasmiy ravishda bunday chilimxona hatto mavjud bo’lmagan.

Источник