Фото: pixabay.com.
Rossiya poytaxtiga ishlash va yashash maqsadida kelgan yoki endi ko‘chib o‘tmoqchi bo‘lganlarga maslahat berish uchun Moskvada Mehnat muhojirlariga ko‘maklashish shahar axborot markazi o‘z ishini boshladi. Markaz operatorlari keng ko‘lamli savollarga javob berishga va quyidagi mavzularda maslahat berishga tayyor: ish qidirish va ishga joylashish tartibi, mehnat faoliyati uchun patent olish, migratsiya ro‘yxatidan o‘tish tartibi, mehnat muhojirlari huquqlarining buzilishi, yo‘qolgan hujjatlarni tiklash, tibbiy yordam olish, bolalarni bolalar bog‘chalari va maktablarga joylashtirish. Aytish joizki, markazda maslahatlar rus tilidan tashqari o‘zbek, qirg‘iz va tojik tillarida ham olib boriladi. Mehnat muhojirlariga ko‘maklashish shahar axborot markazi raqami: +7 (495) 539-25-20.