Moskvada muhojirlar birinchi marta xayrli ishlari va jasoratlari uchun taqdirlandilar

Фото: РИА Новости-Алексей Куденко

Moskvada “StoLichniye istorii” tanlovida g‘olib bo‘lishgan muhojirlarga mukofotlar topshirildi. MDHning barcha davlatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchini jamlagan xayrli ishlar musobaqasi ilk bor o‘tkazildi. Belarus, Moldova, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘izistondan Moskvaga yashash, o‘qish va ishlash uchun kelgan 11 kishi g‘olib bo‘lishdi. Tanlovning eng yosh ishtirokchilari atigi 5-7 yosh, eng yoshi kattasi esa 60 yoshdan oshgan. Ularning barchasi o‘zlarining xayrli ishlari bilan ajralib turishdilar. “Ushbu tanlov o‘ziga xosdir. Bizga ishlash uchun kelgan xorijliklar haqida ko‘pincha salbiy voqealarni eshitamiz. Ularning ko‘pchiligi qahramonlik qiladi, foydali va kerakli ishlarni qiladi, lekin bu haqda bilishmaydi va gapirishmaydi. Bu voqealarni nafaqat moskvaliklar, balki butun mamlakat aholisi ham bilishi muhimdir”, dedi Moskva milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti rahbari Vitaliy Suchkov. Shuningdek, mazkur bellashuv millatlararo do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan doimiy tus olishini ta’kidladi

Источник