Фото:РИА Новости-Евгений Одиноков.
1-noyabrdan 16-noyabrga qadar poytaxtda migrantlar o‘rtasida “StoLichniyeistorii”birinchi xayrli ishlar ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Moskva milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti matbuot xizmati xabar berdi. “1-16 noyabr kunlari Moskvada notijorat “Xalqaro Integratsiya Texnologiyalari” jamg‘armasi Moskva Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti ko‘magida migratsiya siyosati, ijtimoiy va madaniy moslashuv va chet el fuqarolari integratsiyasi sohalarida “StoLichniyeistorii”tanlovini o‘tkazmoqda. Tanlovning maqsadi — Moskva aholisiga, ko‘pincha o‘z hayotlari uchun xavf tug‘diradigan qahramonlik, mehribon, g‘ayrioddiy ishlari, haqiqiy insoniy ishlarga qodir va eng og‘ir damlarda ham boshqalarga yordam beradigan, Rossiya ular uchun ikkinchi vatanga aylangan chet el fuqarolari haqida so‘zlab berishdir”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida. Migrantlarning qahramonliklari haqida barcha istovchilar gapirib berishi mumkin. Buning uchun fondmit.ru saytida ariza qoldirish kerak. “Qabul qilingan arizalar tanlov tashkiliy qo‘mitasi, shuningdek, Moskva hukumati, Moskva “Ko‘p funksiyali migratsiya markazi”, shuningdek, migratsiya sohasidagi ekspertlar hamjamiyati vakillaridan iborat hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan ko‘rib chiqiladi. G‘oliblar 6 dekabr kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tadigan taqdirlash marosimida e’lon qilinadi”, — deb ta’kidlashdi boshqarmada.