Mehnat vazirligi Rossiyadagi chet elliklar uchun ish qidirishni soddalashtirish niyatida

Фото: Сергей Ведяшкин / АГН Москва.

Xorijliklar masofadan turib o’zlariga mos ish qidirishlari va Rossiyada ishlash uchun shartnoma tuzishlari mumkin bo‘ladi. Bu haqda Mehnat vazirligidan ma’lum qildilar.

 — Yangi vazifalar xorijliklarga o‘zlari yashayotgan mamlakatda bo‘lib turgan vaqtlarida ishga joylashish uchun mos bo‘sh ish o‘rnini masofadan turib topish, bo‘lajak ish beruvchi bilan onlayn suhbatdan o‘tish va u bilan elektron ko’rinishdagi shartnomani tuzish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda. Loyiha “Rossiyada ishlash” platformasining fuksionalligini kengaytirishni taklif qiladi. Ushbu yangilik uni mobil ilova bilan integratsiyalash imkonini beradi. Mehnat migratsiyasining tashkiliy shakllarini rivojlantirish migratsiya siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi, deb ta’kidlashdi vazirlikda. Aniqlanishicha, “Rossiyada ishlash” servis xizmati mehnat migrantlarining shaffofligi va qonuniyligini ta’minlaydi.

https://vm.ru/news/928398-mintrud-nameren-uprostit-poisk-raboty-dlya-inostrancev-v-rossii