Фото: «Этносфера»
13 aprel kuni Alekseyev tumani boshqarmasida Moskva shimoli-Sharqiy ma’muriy okrugining beshta tumanidan uy-joy kommunal sohasi xorijiy ishchilari bilan seminar-uchrashuv bo’lib o’tdi. Tadbir Milliy siyosat va mintaqalararo aloqalar departamenti tomonidan Moskva shahrining 2025 yilgacha bo’lgan Milliy siyosat strategiyasini amalga oshirish doirasida tashkil etildi. Seminarda Alekseyev, Butirskiy, Marfino, Maryina rosha va Yaroslavskiy tumanlaridan 90 ga yaqin mehnat muhojirlari, Moskva milliy-madaniy birlashmalari vakillari, muhojirlarning milliy siyosati va moslashuvi sohasidagi ekspertlar, Moskva hukumati huzuridagi Millatlar ishlari bo’yicha kengash Prezidiumi a’zolari, shuningdek, chet el fuqarolarini yollaydigan ish beruvchilar vakillari ishtirok etdilar.