Фото: © pixabay.com
IIV Rossiya oliy o’quv yurtlarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalar, shuningdek, mehnat migrantlarining bolalari uchun Rossiyada vaqtincha istiqomay qilish muddatlarini uzaytirish masalalarini tartibga solishga yo’naltirilgan qonun loyihasini ishlab chiqishga kirishdi. Qonun loyihasini tayyorlash to’g’risidagi mos xabarnoma me’yoriy-huquqiy aktlar loyihalarining federal portalida joylashtirilgan.
Xabarda aytilmoqdaki: «Federal qonunning [«Xorijiy fuqarolarning RFdagi huquqiy maqomi to’g’risida»] 5-moddasiga Rossiya oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchi xorijiy talabalar, patent asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan xorijiy fuqarolar farzandlariga va xorijiy fuqarolarga (shu jumladan voyaga yetmaganlarga) vaqtincha istiqomat qilish uchun ruxsatnomani berish to’g’risidagi arizani ko’rib chiqish muddatiga vaqtincha istiqomat qilish muddatini uzaytirish borasida o’zgartirish kiritish zarurati bor».