Davlat dumasi chet elliklarni davlatdan chiqarib yuborishning migratsiya rejimi to’g’risidagi qonunni qabul qildi

Татьяна Замахина/ Фото: РИА Новости/  Владимир Федоренко

Davlat Dumasi chet elliklarni Rossiya federatsiyasidan chiqarib yuborishning migratsiya rejimini joriy qiluvchi qonunni qabul qildi.

Davlat dumasi ikkinchi va uchinchi o’qishlarda chet elliklarni chiqarib yuborishning yangi migratsiya rejimi to’g’risidagi qonun loyihasini qabul qildi. Hujjat aprel oyida ko’rib chiqish uchun taqdim etildi. Loyihaga ko’ra, yangi chiqarib yuborish rejimini joriy etilgan shahslar ichki ishlar organlarining ruxsatisiz Rossiyada yashash yoki qolish joyini o’zgartira olmaydilar. Shuningdek, ularga yashash hududidan tashqariga chiqish, transportni boshqarish, mol-mulk sotib olish va Rossiya fuqarosi bilan turmush qurish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, bunday chet el fuqarolari nazorat qilinadigan shaxslar reestriga qo’shiladi. Unga ko`ra davlat organlari, har qanday yuridik va jismoniy shaxslar ham bu malumotlarni olish imkoniyatiga ega bo`ladilar. Kredit tashkilotlari ushbu ro’yxatdagi odamlarning operatsiyalari, hisobvaraqlari va omonatlari to’g’risida ma’lumotnomalarni taqdim etishlari shart.

Источник