Tojikistonda 2023 yil rus tili yili bo‘ladi

Фото e-cis.info

Tojikistonda yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida Rossiya Federatsiyasi moliyaviy ko‘magida qurilib, foydalanishga topshirilgan beshta ta’lim rus tilida olib boriladigan maktabning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birdaniga beshta shaharda maktablar ochildi: Dushanbe, Boxtar, Koʻlob, Tursunzoda va Xoʻjand. Ochilish marosimida videoaloqa orqali ikki davlat prezidentlari: Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etdi. Imomali Rahmon ochilish marosimiga bag‘ishlangan nutqida Vladimir Putinga maktablar qurilishini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi va Tojikistonda 2023-yil rus tili yili bo‘lishini rasman e’lon qildi. O‘z navbatida Vladimir Putin yaqinda Moskvada Tojikiston madaniyat markazi ochilishini maʼlum qildi.

Источник