2024 yilda Rossiyada migratsiya to’g’risidagi yangi qonun qabul qilinishi mumkin, u migrantlarning kirishi, istiqomat qilishi va mehnat faoliyati bilan bog’liq barcha masalalarni qamrab oladi va hozirda amalda bo’lgan bir qator aktlarni bekor qilinishiga olib keladi.

Фото: Сергей Булкин/NEWS.ru.

Qonun xorijiy fuqarolar uchun yagona kirish hujjati joriy qilinishini nazarda tutadi. Bu haqida RIA Novostida Rossiya IIV Migratsiya masalalari bo’yicha bosh boshqarmasi rahbari muovini Kirill Adzinov xabar berdi. Adzinov IIV xorijiy fuqarolar uchun rasmiylashtiriladigan barcha hujjatlarning o’rnini bosadigan yagona hujjatni joriy qilishni, kirishning barcha turlaridan faqatgina ikki asosiysi: vizali va vizasizlarini qoldirishni rejalashtirayotganini ta’kidlab o’tdi. Bundan tashqari, qonunda migrantlarga MTS (majburiy tibbiy sug’urta) doirasida tibbiy yordam ko’rsatish va tibbiy vizalarni olish qoidalarini aniqlashtirish ko’zda tutilgan.

https://news.ru/society/mvd-anonsirovalo-novyj-zakon-o-migracii/