Фото: «Шатер Рамадана»
2 aprel kuni Moskvadagi Poklonnaya tog‘ida Memorial masjidi oldidagi maydonda Ramazon chodirining tantanali ochilishi hamda XVI turli xalqlar madaniyati va an’analarining festivali bo‘lib o‘tadi. “Ramazon chodiri 2022” “Madaniyatlar xilma-xilligi. Birlikka yo‘l” shiori ostida boʻlib oʻtadi va 3 may kuni yakunlanadi. “Ramazon chodiri” har kuni ro‘zadan keyin iftorlik soatlarida mehmonlarni qabul qilib, musulmon xalqlari an’analarida tayyorlangan iftorlik bilan siylaydi. “Ramazon chodiri”ning madaniy-ma’rifiy dasturi etnik-madaniy rang-baranglik mavzusini ochib berishga, xalqlar va etnik jamoalarning madaniy o‘ziga xosligini saqlashga qaratiladi. Uning doirasida 10 dan ortiq davlatlar, jumladan BAA, Turkiya, Qatar, Eron, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, shuningdek, Rossiyaning ko‘plab musulmon xalqlari o‘z dasturlarini taqdim etadi. “Ramazon chodiri”ga boshqa diniy urf-odatlar vakillari, hokimiyat vakillari, sanʼatkorlar, sportchilar va boshqalar mehmon boʻlishadi.Madaniy dastur iftorlikdan oldin chodir ichida va tashqi videotasvir orqali oʻtkaziladi.