O‘zbekistonlik migrantlarni Rossiyada norozilik aksiyalarida ishtirok etmaslikka chaqirishdi

«So‘nggi kunlarda Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida hokimiyat tomonidan rasman ruxsat etilmagan ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini mazkur ommaviy aksiyalarda ishtirok etmaslikka, Rossiya Federatsiyasi qonunlariga rioya etishga va omma to‘plangan joylarda bo‘lmaslikka chaqiradi», — deyiladi xabarda. Agentlik shuningdek, ruxsat berilmagan tadbirlarda qatnashish Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq jinoiy javobgarlikni keltirib chiqarishini yoki deportasiya qilinishga sabab bo‘lishini ta’kidladi.
https://news.mail.ru/politics/45119644/