Фото: Александр Гальперин/РИА Новости
Rossiyada migratsiya oqimining intensivligi pandemiyadan oldingi ko‘rsatkichlarga qaytdi, muhojirlarning mehnat faoliyati sohasida o‘tgan yilning yanvar-fevraliga nisbatan sezilarli o‘zgarishlar kuzatilmadi. Bu haqda agentlikning tegishli so‘rovnomasiga javoban Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot markazida ma’lum qilindi.
“Rossiya Ichki ishlar vazirligining idoraviy hisobotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-fevral oylari bilan taqqoslaganda, chet el fuqarolarini ishga joylashtirish bo‘yicha jiddiy o‘zgarishlar aniqlanmagan”,– dedi agentlik suhbatdoshi. Ichki ishlar vazirligining tushuntirishicha, 2022-yilning ikki oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobar ko‘p chet el fuqarolari migratsiya ro‘yxatiga olingan. Agar 2021-yilning yanvar-fevral oylarida bu ko‘rsatkich 657 ming kishini tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning ikki oyida 1,6 million kishiga yetdi.