Фото: РИА Новости/ Кирилл Зыков
Moskva migratsiya qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytiradi
Moskva politsiyasi migratsiya normalariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha yangi chora-tadbirlarni sinovdan o‘tkazadi deya, poytaxt IIV bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib, xabar bermoqda Moskva agentligi.
Xususan, politsiya migrantlarning elektron identifikatori – elektron chip va QR kodli shaxsiylashtirilgan plastik kartani tekshirishni boshlaydi. Unda egasining to’liq ismi, tug’ilgan sanasi, jinsi, fuqaroligi, imzo namunasi, shuningdek, kartaning seriyasi, raqami va amal qilish muddati ko’rsatiladi.
Nashrning yozishicha, ushbu vositani tanlab sinovdan o‘tkazish allaqachon boshlangan.
Karta yordamida politsiya barmoq izlari va fotosuratlarning yo’qligi, to’lanmagan patent, ma’muriy jarima, qidiruvda bo’lganligi va boshqa huquqbuzarliklar to’g’risidagi ma’lumotlarni bilib oladi.
“Eksperimental davrda karta koʻp funksiyali migratsiya markaziga huquqiy maqomi yuzasidan murojaat qilgan 14 yoshga toʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladi”, — deyiladi IIV axborotida.