Фото: РИА Новости/ Александр Гальперин
Chet elliklarni jalb qiladigan ish beruvchilarga ma’lum vazifalar yuklanishi kerak. Tergov qo’mitasi raisi Aleksandr Bastrikin migratsiya sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish bo’yicha boshqa takliflarni ham e’lon qildi.
Tergov qo’mitasi raisi Aleksandr Bastrikin migratsiya sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurash va migratsiya siyosatini takomillashtirish haqida gapirib o`tdi va migrantlar bilan bog’liq muammoning to’rtta qat’iy yechimini taklif qildi.
Ulardan biri, chet elliklarni jalb qiladigan ish beruvchilarga ma’lum majburiyatlarni yuklash zarurligidan tashqari, har qanday qasddan og’ir yoki o’ta og’ir jinoyatni tayyorlash yoki sodir etish kabi holatlar ro`y bersa,zudlik bilan Rossiya fuqaroligidan va pasportidan mahrum qilish haqida aytib o`tdi.
Ikkinchidan: Rossiyada bo’lgan shaxs tomonidan belgilangan tartibni qasydan yoki bilaturib buzgan holda jinoyat sodir etsa og’irlashtiruvchi holat sifatida belgilash muhimdir.
Bundan tashqari, biometriya, barmoq izlari va yashash joyini raqamli hisobga olishni joriy etish taklifi berildi. Bu «ko`p sonlik fuqarolar yashaydigan» kvartiralar bilan bog`liq muammoni hal qilish uchun muhim ekanligi aytib o`tilgan.
Shuningdek, harbiy ro’yxatga olinish va Rossiya fuqaroligi pasportini olishni sinxronlashtirish kerak, deydi Bastrikin.