Фото : РИА Новости/Мария Девахина
Tadbirda Prezident Administratsiyasi vakillari, Federatsiya Kengashi a’zolari, tegishli vazirliklar rahbarlari va yuqori martabali mutasaddilari, oliy o‘quv yurtlari rektorlari, iqtisodiy, ekspert, akademik, madaniy-gumanitar doira vakillari, boshqa mamlakatlarning Moskvadagi akkreditatsiyadan o‘tgan elchilari va diplomatlari, shuningdek, o‘zbek diaspora tashkilotlari rahbarlari, vatandoshlar ishtirok etdi. Mehmonlarni qutlar ekan, elchi Botirjon Asadov O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyoti, mamlakatimizda barcha yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shuningdek, O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarining holati va istiqbollari haqida gapirdi.